Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 24-may
Biz haqimizda
Ushbu siyosat “Shajara” (keyinchalik — Platforma, biz) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 02.07.2019-dagi “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-547-sonli Qonuni asosida tayyorlangan. Bogʻlanish: privacy@shajara.uz.
Qanday maʼlumot yigʻamiz
- Hisob maʼlumotlari: ism, email, parol (bcrypt hash), tanlangan til.
- Shajara mazmuni: shaxslar (ism, tugʻilgan/vafot yili, jins), rishtalar, fotosuratlar.
- Texnik maʼlumotlar: IP, foydalanuvchi agenti, session cookieʼsi, kirish vaqti.
- Toʻlov maʼlumoti: tranzaksiya IDʼsi va summasi (karta raqami biz tomonimizdan saqlanmaydi — Click/Payme tomonida).
Maqsad va asos
Maʼlumot quyidagi maqsadlar uchun ishlanadi:
- Xizmat koʻrsatish (shajara qurish, qarindoshlarni taklif qilish);
- Identifikatsiya va autentifikatsiya;
- Xavfsizlik va firibgarlikni oldini olish;
- Toʻlovlarni amalga oshirish (Click, Payme orqali);
- Qonun talab qiladigan hisobotlarni taqdim etish.
Saqlash muddati va joyi
Maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi serverda saqlanadi. Foydalanuvchi hisobini oʻchirgandan keyin barcha shaxsiy maʼlumotlar 30 kun ichida anonimlashtiriladi. Audit jurnallari xavfsizlik talabi sababli 1 yil saqlanadi.
Uchinchi shaxslarga uzatish
- Click va Payme — faqat toʻlovni qayta ishlash uchun;
- Email yetkazib beruvchi (Resend / AWS SES) — verifikatsiya va bildirishnomalar;
- Qonuniy talab — sud yoki davlat organi rasmiy talabnomasi bilan.
Sizning huquqlaringiz
- Maʼlumotlaringizga kirish va ularni JSON formatda yuklab olish;
- Notoʻgʻri maʼlumotni tuzatish;
- Hisobni oʻchirish (30-kun grace period);
- Roziligingizni qaytarib olish;
- Davlat maʼlumot organlariga shikoyat qilish.
Meni roʻyxatdan chiqaring
Agar boshqa foydalanuvchining shajarasida oʻzingiz haqida maʼlumot bor ekanligini bilsangiz va uni olib tashlashni xohlasangiz — privacy@shajara.uz ga ariza yuboring. Identifikatsiya tasdiqlangach 14 kun ichida oʻchiramiz.
Cookie va kuzatuv
Faqat texnik cookieʼlardan foydalanamiz:
shajara_session— 30 kun amal qiluvchi xavfsiz session;shajara_locale— tanlangan til.
Xavfsizlik choralari
- Parol bcrypt (rounds=12) bilan hash qilinadi;
- Server bilan aloqada TLS 1.2+ majburiy;
- Brute-force qarshi fail2ban + rate limiting;
- Audit jurnali har qanday muhim harakatni qayd etadi;
- Foto va eksport fayllar S3 privat bucketʼda, faqat signed URL bilan ochiladi.
Yoshga oid cheklov
Platforma 13 yoshdan kichik bolalarning toʻgʻridan-toʻgʻri roʻyxatdan oʻtishini taqiqlaydi.
Savolingiz bormi? privacy@shajara.uz ga yozing.